Maxfiylik va to‘lov cheki

To‘lovni tasdiqlash

Buyurtma qabul qilingandan keyin karta rekvizitlari buyurtma sahifasida chiqadi. O‘tkazmadan keyin haqiqiy chekni shu sahifaga yuklang. Cheksiz to‘lov tasdiqlanmaydi. Resaller bankdagi tushumni tekshiradi. Soxta yoki o‘zgartirilgan chek yuborish va to‘lov haqida ataylab yolg‘on ma’lumot berish taqiqlanadi.

Chek kimga ko‘rinadi

Chek buyurtmaga bog‘lanadi va yopiq joyda saqlanadi. Uni shu buyurtmaning xaridori va Resaller do‘koni egasi ochishi mumkin. Chek o‘tkazmani tekshirish va to‘lov bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi. PIN, CVV, parol yoki SMS-kodni yubormang.

Kargo, dostavka va muddat

Resaller mahsulotni Xitoydan olib keladi. Kargo tarifi 1 kg uchun 10 AQSh dollari. Kargo va mahalliy dostavka mahsulot narxiga kirmaydi va xaridor ularni alohida to‘laydi. To‘lov tasdiqlangach, omborga yetib kelishning taxminiy muddati 7–15 kun. Mahsulot omborga kelganda buyurtmalar sahifasida xabar chiqadi. Resaller yakuniy kargo summasini buyurtma chatida yozadi. Kargo haqi jo‘natishdan oldin alohida to‘lanadi. Buyurtmada Telegram username qoldirish ixtiyoriy. Resaller undan shu buyurtma bo‘yicha siz bilan bog‘lanish uchun foydalanadi.

To‘lov yoki maxfiylik bo‘yicha yordam